Lagash
Qiyofa
Lagash — Shumerdagi qadimgi davlat (hozirgi Iroq hududida), poytaxti — Lagash shahri (hozirgi Al-Hiba). Lagashdagi dastlabki manzilgoxlar miloddan avvalgi 5-ming yillikning oxirlarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 26— 24-asrlar va 22-asrda (Gudea davrida) gullab-yashnagan.Hukmdor Urukagina (taxm mil.avv 2500-yil) soliqlarni tartibga soluvchi islohotlar o'tlazgan. Miloddan avvalgi XXI asrdan boshlab mavqei pasaygan. 1877-yildan arxeologik qazishlar olib boriladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |