Kontent qismiga oʻtish

Batalyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batalyon (frans. bataillon) — quruqlikdagi, havo-desant va dengiz piyodalari qoʻshinlaridagi asosiy taktik harbiy boʻlinma; motooʻqchi (piyoda, moto-oʻqchi), tank, dengiz piyodalari, aloqa, avtomobil va boshqa B.lar boʻladi. Odatda polk (brigada) tarkibiga kiradi yoxud qoʻshilma (birlashma)dagi alohida harbiy qism boʻlishi mumkin. 3 — 4 rota va boshqa boʻlinmalardan tarkib topadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil