Kontent qismiga oʻtish

Bangladesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bangladesh Xalq Respublikasi
bengalcha: গণপ্রজাতন্ত্রী বাংলাদেশ
ShiorYoʻq
Madhiya: আমার সোনার বাংলা
(Amar Shonar Bangla)
Location of Bangladesh
Poytaxt Dakka
Rasmiy til(lar) Bengal tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Zillur Rahman
Sheikh Hasina
Mustaqillik (Pokistondan)
• Sana
16-dekabr 1971
Maydon
• Butun
144,000 km2 (92-oʻrin)
• Suv (%)
6.4
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
142 319 000 (9-oʻrin)
• Zichlik 1099,3/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$258,600 mil. (48-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,700
Pul birligi Taka (BDT)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma BG
Telefon prefiksi 880
Internet domeni .bd

Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi boʻyida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga boʻlinadi, ular 19 okrug (distrikt)ni oʻz ichiga oladi. Maydoni 144 ming km2. Aholisi 204 422 000 kishi (8o'rin). Poytaxti — Dakka shahri.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangladesh — unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1972-yilgi konstitutsiyaga binoan davlat boshligʻi — prezident. Bangladeshda bir palatali parlament — Milliy majlis ish olib boradi. Uning 330 deputati mamlakat prezidenti kabi 5 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident hukumat bilan birgalikda boshqaradi.

Bengal yoʻlbarsi

Mamlakat Gang, Brahmaputra oʻrtacha harorat 26 °C. Eng iliq oy aprelda harorat 33° dan 36° gacha boʻladi. Dunyodagi eng nam iqlimlardan biri shu yerda. Mamlakatning koʻp qismiga yiliga oʻrta hisobda 1525 mm gacha yogʻin yogʻsa, ayrim togʻ oldi hududlariga 5080 mm gacha yogʻadi. Musson davri (iyun—sentabr) eng seryogʻin paytdir. Daryolarda timsoh, toshbaqa, baliqdar bor. Bangladesh hududining 15 % ga yaqini doimo yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Ularda bambuk va rotang daraxtlari (palmaning bir turi) koʻp. Madxupur va Sundarban changalzorlarida yoʻlbars va mushuksimonlarning boshqa turlari, togʻli joylarda fil, qoplon va karkidonlar uchraydi.

Aholisining 98% bengallar. Biharlar, santallar, munda, oraon, chakma, marma, kxas qabilar ham yashaydi. Rasmiy tili — bengal va ingliz tillari. Aholining 85% musulmon. Bangladesh tugʻilish va aholining zichligi jihatidan dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birida turadi. Shahar aholisi 24% ni tashkil etadi. Eng katta shaharlari: Dakka, Chittagong Rajshahi. Aholisi 2022-yil ma'lumotlariga ko'ra 169,8 mln kishi dunyoda 8 o'rin. Dunyoda musulmonlar soni bo'yicha 3 o'rin turadi.

Bangladesh hududi (sobiq Sharqiy Bengaliya)da dastlabki davlat miloddan avvalgi 7 — 6- asrlarda paydo boʻlgan. Vanga davlati (keyinchalik Bangla; davlatning hozirgi nomi ham shundan kelib chiqqan) shularning biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan milodiy 5-asrgacha Bangladesh hududi turli gʻind saltanatlari tarkibida boʻldi[1]. 6-asrda u Gʻarbiy Bengaliya bilan yagona Bengaliya davlati boʻlib shakllandi. 13-asr boshlarida Dexli sultonligining musulmon sultonlari uni bosib olishdi. Shu tufayli bu yerda musulmon dini tarqaldi (ilgari hindu dini ustun edi). 16-asrda boburiylardan Akbarshohni Hindistonga qoʻshib oldi[2]. 18-asr boshlarida Bangladesh hududi mustaqil boʻldi, 1757-yildan inglizlar qoʻliga oʻtdi, soʻngra Angliyaning Hindiston mustamlakasi tarkibidagi Sharqiy Bengaliya viloyatiga aylandi. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgach, bu yerda ikki davlat — Pokiston va Hindiston vujudga kelishi munosabati bilan Sharqiy Bengaliya Assom okrugiga qoʻshilib[3], Pokistonning yangi viloyati sifatida „Sharqiy Pokiston“ nomini oldi. Biroq Gʻarbiy Pokiston bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar 1971-yilda Bangladeshning mustaqil deb eʼlon qilinishiga olib keddi. 1974-yildan Bangladesh — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26-mart — Mustaqillik kuni. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni 1992-yil oktabrda oʻrnatgan[4].

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangladesh ishchi-dehqon xalq ligasi; Xalq ligasi; Bangladesh millatchi partiyasi; Milliy xalq partiyasi; Milliy partiya. Milliy ishchi ligasi kasaba uyushmasi birlashmasi; Ishchi va xizmatchilarning birlashgan kengashi; Bangladesh kasaba uyushmalari markazi.

Bengal dehqonlari sholi maydonida.

Bangladesh — agrar mamlakat. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xo'jaligi bilan mashgʻul. Ishlanadigan yerning 50% dan yiliga 2 — 3-marta hosil olinadi. Ammo qishloq xo'jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirolmaydi. Doimiy boʻlib turadigan tabiiy ofatlar, ayniqsa suv toshqinlari qishloq xo'jaligi ishlarini qiyinlashtiradi. Asosiy ekinlari sholi (ishlanadigan yerning 90%ga ekiladi), jut, choy (umumiy maydoni 47 ming ga), bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar (raps, kunjut, xantal, arahis va boshqalar) ham yetishtiriladi. Chorvachilik kam rivojlangan. Qoramol (asosan ulov uchun), echki, qoʻy, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoat mamlakat ehtiyojining juda oz qismini qondiradi. Asosan qihsloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik (ayniqsa, jut va ip gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, yogʻ, tamaki, sholi, choy). Jundan mahsulot ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qogʻoz, kimyo, neft mahsulotlari, sement, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bor. Energetika mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Bir yilda 8,1 mlrd. kVt-s elektr energiya hosil qilinadi[5].

Fregat VMS Bangladesh.

Yuklarning koʻpi suv yoʻllari orqali tashiladi. Temir yoʻlining uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 193 ming km. Eng katta dengiz portlari — Chittagong va Chalna. Chetga jun, teri mahsulotlari, choy, baliq chiqaradi. Xalqaro aeroporti — Dakka shahrida. 1988-yil va 1991-yildagi suv toshqinlari transport va kommunikatsiya tizimiga katta ziyon yetkazgan. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy. Pul birligi — taka[6].

Ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Bangladesh aholisining 75% dan koʻprogʻi savodsiz. Bolalarning 60%ga yaqini boshlangʻich maktabga qatnaydi. Dunyoviy maktablardan tashqari diniy maktablar ham bor. Texnika kollejlariga oʻquvchilar kamroq kiradilar. Bangladeshda 6 universitet (eng kattalari Dakka va Rajshaxi shaharlarida), bir qancha institutlar, jumladan politexnika, toʻqimachilik institutlari, qishloq xo'jalik akademiyasi bor. Bengaliya akademiyasi, atom energiyasi, qishloq xo'jalik va oʻrmonchilik, iqtisodiyot, tibbiyot, huquq va xalqaro munosabatlar ilmiy tadqiqot muassasalarida tadqiqot ishlari olib boriladi. Dakkada markaziy ommaviy va universitett kutubxonalari, 2 muzey mavjud.

Radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Bangladeshdagi yirik gazetalar — "Ozodi" (bengal tilidagi kundalik gazeta, 1960-yilda tashkil etilgan), "Bangladesh-observer" ("Bangladesh sharhlovchisi", 1949), "Bangladesh tayme" ("Bangladesh vaqti", 1949), "Doynik Bangla" ("Kundalik Bengaliya", 1964). Davlat axborot agentligi — "Bangladesh Sangbad Sangasta" 1972-yil va xususiy agentlik — "Istern nyus Eyjensi" 1970-yilda tuzilgan. Bangladesh radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi davlat qaramogʻida.

Bangladesh adabiyoti bengal tilida bengal adabiyoti an’analari asosida rivojlanmoqda. 10 — 12-asrlarda tuzilgan diniy mazmundagi madhiyalar toʻplami — "Chorjapod" bengal tilidagi ilk yozma yodgorlik hisoblanadi. 16— 17-asrlarda she’riyat gullab yashnadi. Oʻrta asrlarda turli ilohlarga bagʻishlangan rivoyat, dostonlar katta ahamiyat kasb etdi. Musulmon shoirlardan Davlat Qozi va Sayid Alaol birinchi bor dunyoviy mavzularga murojaat qildilar hamda Bengaliyadagi hindu va musulmon madaniyatini bir-biriga birlashtirdilar. Musulmon adiblar arab va fors she’riyati uslublari, oʻxshatmalaridan, musulmon an’analariga aloqador ohang va voqealardan barakali foydalandilar. Bu yoʻnalish 17-asrda vujudga keddi va 19 — 20-asrlarda Mir Musharraf Husayn, Koykobod, Nazrul Islom, Abdul Fazl, Abdul Qodir kabi yozuvchilar uni yuksak choʻqqiga koʻtarishdi. Fylom Mustafo, Ravshan Yazdoni, Jasimuddin kabi shoirlar, jamoat arbobi va shoira Begum Sufiya Kamol 20-asr Bangladesh adabiyotining eng mashhur vakillaridir. Shoirlardan Shamsur Rahmon, Hasan Hafizur Rahmon va boshqalarlar ijtimoiy mavzularda qalam tebratdilar. 19 — 20-asr bengal adabiyotining yirik namoyandasi P. Tagordir. Uning ijodi butun Hindiston adabiyotiga ta’sir oʻtkazgan. Sh. Chottopaddhayya (1876 www.ziyouz.com kutubxonasi 83—1938), B. Bondopadhayya (1896-1950) kabi yozuvchilar uning maktabidan yetishib chiqqanlar. Bangladesh mustaqillikka erishgandan soʻng qisqa pesa va hikoyalar, vatanparvarlik va muhabbatni madh etuvchi she’rlar yetakchi janr boʻlib qoldi. Ijtimoiy masalalar, fuqarolik jamiyati, insonparvarlik mavzularida nasriy asarlar yuzaga keldi.

Me’morligi va san’ati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangladesh hududida 7—12-asrlarga mansub shahar va ibodatxonalarning vayronalari, 12 — 13-asrlarda bino qilingan masjid, Madrasa va maqbaralar saqlanib qolgan. 16— 17-asrlar me’morligi islom uslubi qoidalariga moslangan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida an’anaviy uslubdagi binolar (Dakkadagi "Yudduzli masjid", 18- asr) bilan bir qatorda ingliz neoklassikasi uslubidagi yangi imoratlar (Dakkadagi bank binosi, 19- a.) paydo boʻldi. Shaharlarda zamonaviy uslubdagi jamoat, uy-joy, sanoat binolari qad koʻtardi. B.da qadimdan bezakli amaliy san’at (toʻquvchilik, kashtachilik, yogʻoch va fil suyagi oʻymakorligi) rivojlangan. Tasviriy san’atda ilgʻor yoʻnalish davom etmoqda. Kino san’ati 1959-yildan rivojlana boshladi ("Shunday kun kelar" filmi, rejissor J. Kardar).[7]

  1. Наводнение в Бангладеш 1974 год, 2016-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-11
  2. Baxter, pp.30-32
  3. LaPorte, R (1972). „Pakistan in 1971: The Disintegration of a Nation“. Asian Survey. 12-jild, № 2. 97–108-bet. doi:10.1525/as.1972.12.2.01p0190a. ISSN 0004-4687.
  4. Eaton, R. The Rise of Islam and the Bengal Frontier. University of California Press, 1996. ISBN 0-520-20507-3. OCLC 26634922 76881262. 
  5. »Reproductive Health and Rights is Fundamental for Sound Economic Development and Poverty Alleviation (Wayback Machine saytida 2010-03-26 sanasida arxivlangan), " United Nations Population Fund. Retrieved 17-iyul 2007-yil
  6. India quietly ringing Bangladesh with barbed-wire, cutting off former neighbors, by Tim Sullivan, Associated Press, 25-iyun 2007-yil
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil