Dzyudo (yaponcha:柔道; dzyu – yumshoq, do – yoʻl) – sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada professor Dzigoro Kano (1860—1938) 1882-yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalang oyoqda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 4 min., ayollarda 4 min. davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 20 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga „vazari“ va „ippon“ baxrlari beriladi („ippon“ – sof gʻalaba, 2 ta „vazari“ – gʻalaba, ino-batga olinadi).

Dzyudo maydoni
柔道 - „Yengil yoʻl
Tasvir
Jang sanʼati nomi (JS): Dzyudo maydoni
Asoschi: Dzigoro Kano
Asos solingan joy: Yaponiya
Sport turi guruhi: Sharq yakka kurashi va Jang san'ati
Asoslanishi JS: Dzyudzyusu, Tenzin Sinyo ryu, Kito Ryu
JA hosil boʻlishi: Brazilya Jiu-Jitsu, Kavaisi Ryu, Kosen Dzyudo, Sambo
Taniqli davomchilar: Sunziro Tomita, Mitsue Mayida, Kyuzo Mifune, Keyko Fukuda, Masaxiko Kimura, Yasixuro Yamasita, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriyev, Marat Azimbaev, Ramziddin Saidov

Dzyudo boʻyicha musobaqalar 1883-yildan oʻtkaziladi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956-yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan dzyudo federatsiyasi aʼzo (1991). 1956-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Oʻzbekistonda dzyudo bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. Dzyudoning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. Dzyudo chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) – kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) – kumush va „A“ toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) – 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) – oltin, „A“ toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) – oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) – bronza medallarini qoʻlga kiritishgan[1].

Dzudo
Xarakteristikalari
Kontakt Ha
Aralash jins Ha
Turkum Sharq yakkakurashi va jang san'ati
Anjom Kimono
Oʻynaladigan joy Tatami
Olimpik oʻyin Ha 1964-yildan e'tiboran
Paralimpik oʻyin Ha
Mintaqa Butunjahon
Dzyudo usullaridan biri

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir