Tesla gaz pedali bilan bog‘liq muammolar tufayli 3878 ta Cybertruck pikaplarini qaytarib oladi. Transportdagi muammo AQSH Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 17-apreldagi hisobotida ma’lum bo‘ldi.
![](https://cdn.statically.io/img/daryo.uz/static/2024/04/21/photo_2024-04-21_18-34-17-freSFC4A.jpg)
Mutaxassislar fikricha, nuqson pikapni yig‘ish bosqichida paydo bo‘lgan. Gaz pedalidagi muammo sababli tezlik maksimal darajaga chiqadi. Garchi tormoz ishlashda davom etsa ham, haydovchi avtomobil boshqaruvini qisman yo‘qotadi.
Amerika kompaniyasi 2023-yil noyabridan beri sotilgan barcha Cybertruckni chaqirib oladi. Yuzaga kelgan nosozlik bepul bartaraf etiladi. Shuningdek, 2024-yil 17-apreldan keyin ishlab chiqarilgan barcha avtomobillardagi nuqson tuzatiladi. Bir necha kun oldin, Tesla dunyo bo‘ylab xodimlarining 10 foizdan ortig‘ini ishdan olishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)